AQSH Eronni husiylarni qo‘llashda ayblamoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamandagi husiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumi tufayli Eronga nisbatan ayblovlarini kuchaytirdi. Bu haqda kecha, 22 dekabr kuni razvedka ma’lumotlariga tayanib, AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Adriyen Uotson so‘z ochdi.

“Biz bilamizki, Qizil dengizdagi savdo kemalariga qarshi operatsiyalarni rejalashtirishda Eronning roli katta”, deydi u.

Uotsonning aytishicha, Tehron husiylarga dronlar, raketalar va ushbu hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini, jumladan Eronning dengiz kuzatuv tizimi ma’lumotlarini taqdim etgan. Vizual tahlil shuni ko‘rsatdiki, husiylar tomonidan uchirilgan raketalar va dronlar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha Eronning o‘zida ishlatilganidan deyarli farq qilmaydi.

Qayd etish joizki, 18 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar eng muhim yuk tashish savdo yo‘llaridan biri - "Farovonlik qo‘riqchisi" xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro operatsiya boshlanganini e’lon qildi.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Bahrayn, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Fransiya ishtirok etadi. Bundestag ruxsatidan keyin Germaniya ham operatsiyaga qo‘shilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yaman husiylari Qizil dengizdagi kemalarga noyabr oyida hujum qila boshladi hamda oziq-ovqat va tibbiy buyumlar G‘azo sektoriga kiritilmaguncha Isroilga yo‘l olgan har bir kemaga hujum qilish bilan tahdid qildi. Bu xalqaro yuk tashishda katta to‘siq bo‘ldi, to‘rtta kompaniya, shu jumladan sanoat yetakchisi MSC, endi o‘z kemalarini Adan ko‘rfazini bog‘laydigan dunyodagi eng muhim yuk tashish yo‘llaridan biri bo‘lgan Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi orqali jo‘natmasliklarini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Tehron husiylar Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing