AQSH Eronga “jiddiy oqibatlar” bilan tahdid qildi

Olam

image

Vashington ma’muriyati Tehronni Erondagi norozilik namoyishlari ishtirokchilari qatl etilgan taqdirda “jiddiy oqibatlar” haqida ogohlantirdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. 

“Eron masalasida shuni qayd etamanki, Prezident [AQSH prezidenti Donald Tramp] va uning jamoasi Eron rejimiga qotilliklar davom etsa, jiddiy oqibatlar bo‘lishini ma’lum qilgan”, deydi u.

Livittning so‘zlariga ko‘ra, Vashington ma’muriyati rahbari keyinroq Eronda qotillik va qatllar to‘xtatilishi haqida xabar olgan. 

Tramp 14 yanvarda aytganidek, Vashingtonda Eronda namoyishchilarning halok bo‘lishi to‘xtatilgani haqida ma’lumotlar bor.

Erondagi namoyishlar

2025 yil 28 dekabr kuni Eronda milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining tez sur’atlarda pasayishi va iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi tufayli Tehronning Katta bozorida savdogarlar boshchiligida namoyishlar boshlanib, butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. 

8 yanvar kuni poytaxt Tehronda norozilik namoyishlari kuchaygan vaqtda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng mamlakat rahbariyati internetga kirishni to‘sib qo‘ydi. 

Eron rasmiylari hozircha tartibsizliklar chog‘ida halok bo‘lganlar va yaradorlarning umumiy soni haqida hech qanday bayonot bermagan, biroq AQSHda joylashgan Eron Inson huquqlari agentligi (HRANA) tartibsizliklar chog‘ida 2615 kishi halok bo‘lgani va 18 470 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Erondagi namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing