AQSH Eronga zarba berishga tayyor – OAV

Olam

image

AQSH harbiylari 21 fevral kuni Eronga zarba berishga tayyor, biroq AQSH Prezidenti Donald Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Bu haqda CBS News telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Oq uyda vaziyat bo‘yicha “dinamik va uzluksiz” muhokamalar olib borilmoqda. Ma’muriyat ehtimoliy keskinlashuv xavfi, shuningdek, zarba berish yoki tiyilishning siyosiy va harbiy oqibatlarini baholamoqda.

Keyingi uch kun ichida Pentagon Yaqin Sharqdagi harbiy kontingentining bir qismini vaqtincha Yevropaga yoki AQSHga qaytarmoqda. Manbalarga ko‘ra, bu ehtimoliy harbiy amaliyotga tayyorgarlik belgisi bo‘lishi mumkin, ammo operatsiya muqarrar degani emas.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt brifingda Eronga zarba berish uchun “ko‘plab sabab va asoslar” mavjudligini, biroq diplomatiya har doim prezidentning birinchi tanlovi ekanini ta’kidlagan. U 2025 yil iyun oyida Eronning yadro ob’ektlariga qarshi o‘tkazilgan “juda muvaffaqiyatli operatsiya”ni eslatgan va Tehron uchun Tramp ma’muriyati bilan kelishuvga erishish oqilona yo‘l bo‘lishini aytgan.

Qayd etish joiz, 17 fevral kuni Jenevada AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi yakunlangandi. AQSH vakillari Vashington Tehron uchun “qizil chiziqlar”ni belgilaganini, xususan, Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini aytdi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa mamlakat yadro quroliga ega bo‘lishga intilmayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH so‘nggi 24 soat ichida Yaqin Sharqqa, Eron yo‘nalishiga 50 dan ortiq qiruvchi samolyotlarni joylashtirgandi. Yuborilgan samolyotlar orasida F-35 Lightning II, F-22 Raptor va F-16 Fighting Falcon turidagi qiruvchilar bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing