AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga qaror qildi

Olam

image

AQSH Eronda ishlab chiqarilgan qurollarni Rossiyaga yetkazib bergani uchun Eron davlatiga yaqin tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda AQSH davlat departamenti ma’lum qildi. 

Davlat kotibi Entoni Blinken imzolagan hujjatda jazo choralarining aniq asosi sifatida Eron harbiy dronlarini Rossiyaga yetkazib bergani tilga olingan. Hujjatga ko‘ra, Eron dronlari Moskva tomonidan fuqarolik infratuzilmasi va shaharlariga havo hujumlari uyushtirishda foydalanilmoqda. 

AQSH Davlat departamenti va Moliya vazirligi tomonidan joriy etilgan sanksiyalar Eronning uchta tashkilotiga – Eron Inqilobiy Gvardiyasi Harbiy-havo kuchlariga va Eronning uchuvchisiz uchish kompaniyalariga qaratilgan. Bundan tashqari, Rossiyaning bir qator yangi yuridik va jismoniy shaxslari ushbu masala bo‘yicha AQSH tomonidan sanksiyaga uchragan. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar kengashi avvalroq Rossiya Ukraina bilan mojaroda Eronning uchuvchisiz uchoqlaridan foydalanishi sababli Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar bo‘lgan yana ikki eronlik va ikki eron tashkilotini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashi Eronda yosh eronlik ayol Mahsa Aminining hibsga olinishi va uning o‘limi ortidan mamlakatda yuzaga kelgan tartibsizliklarni inson huquqlariga zid tarzda bostirilishiga mas’ul bo‘lgan 29 kishi va uch tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron Sanktsiya

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing