AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qiladi
Olam
−
19 fevral 2021
6556AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati o‘zidan avvalgi Prezident Donald Tramp tomonidan Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklash to‘g‘risidagi talabni qaytarib oldi va Yevropa davlatlari hamda Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi muzokaralarda qatnashishga rozi bo‘ldi.
AQSHning BMTdagi muxtor vakili Richard Mills BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘llagan va unda AQSHning kutilayotgan qadamini bayon qilgan. 2015 yilda bekor qilingan va Tramp tomonidan qayta kiritilgan sanksiyalar endi yana bekor qilindi.
Bayden ma’muriyati Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy bilan QHR (Qo‘shma Harakat Rejasi) bo‘yicha muzokaralarga qaytishga tayyorligini bildirmoqda. Bu haqda Amerika tomoni ham Isroil rasmiylariga xabar bergan.
2020 yil yanvar oyida Eron QHR to‘g‘risidagi shartnomalarni rad etish haqida e’lon qildi. 2018 yil may oyi boshida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Vashingtonning bitimdan bir tomonlama chiqishini va Eronga qarshi sanksiyalarni qayta boshlaganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi