AQSH Eronga qarshi harbiy-dengiz operatsiyasini kengaytirmoqchi – OAV

Olam

image

Vashington Yaqin Sharqdan tashqaridagi xalqaro suvlarda Tehronga aloqador kemalarni qo‘lga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerika mulozimlariga tayanib, “The Wall Street Journal” gazetasi xabar berdi.

“Yaqin kunlarda Amerika harbiylari Eronga aloqador neft tankerlari bortiga chiqishga va xalqaro suvlardagi tijorat kemalarini qo‘lga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu tariqa, o‘z harbiy-dengiz operatsiyasini Yaqin Sharq hududidan tashqariga kengaytirmoqda”, deyiladi xabarda.

Nashrning qayd etishicha, Vashingtonning Tehronga iqtisodiy bosimni kuchaytirish qarori Islom Respublikasini Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishga va tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar mavzusi bo‘lgan yadroviy dastur bo‘yicha yon berishga majbur qilishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron harbiy qo‘mondonligining “Xatam al-Anbiya” markaziy shtabi rasmiy vakili Ibrohim Zulfiqoriy AQSH tomonidan takroriy qoidabuzarliklar va blokada niqobi ostidagi qaroqchilik holatlari tufayli Eron Hormuz bo‘g‘ozi ustidan qat’iy harbiy nazoratni tiklaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron harbiy-dengiz operatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing