AQSH Eron vaziriga sanksiya kiritmoqda

Olam

photo_2019-11-23_09-55-47

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronning aloqa va axborot vaziri Muhammad Javad Azariy Jaromiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Eronda gaz narxining ko‘tarilishi sababli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Xunrezliklar tufayli Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi mamlakatda tarmoqqa kirishni cheklashga qaror qildi.

Eron hukumatining rasmiy vakili Ali Rabiyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududlarida tinchlik o‘rnatilgach, Internet aloqasi tiklanadi.

AQSH namoyishchilarni qo‘llab-quvvatladi va Eron rasmiylaridan zudlik bilan Internetni qayta tiklanishini talab qildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron sanktsiya AQSh

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing