AQSH Eron raketa arsenalining uchdan bir qismini yo‘q qildi – OAV

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari mojaro boshlanganidan beri Eron raketa arsenalining faqat uchdan bir qismi yo‘q qilinganini ishonch bilan tasdiqlay olishi mumkin. Bu haqda Amerika razvedkasi ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Eron raketalarining qolgan uchdan bir qismining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda – ular aviazarbalardan so‘ng bunker va tunnellardagi vayronalar ostida qolgan, shikastlangan yoki yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin. Manbalardan biri, shuningdek, AQSH va Isroil zarbalari oqibatida Tehron ixtiyoridagi dronlarning uchdan bir qismigacha yo‘q qilinganini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, “Reuters” suhbatdoshlari Eron hali ham foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan katta miqdordagi raketa zaxiralarini saqlab qolayotganini urg‘ulamoqda. Bundan tashqari, harbiy harakatlar yakunlanganidan so‘ng shikastlangan yoki yashirilgan qurollarning bir qismi qayta tiklanishi mumkin.

Qayd etilishicha, AQSH mojaro boshida Eron raketa arsenalining aniq hajmi qancha bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamayapti. Shu bilan birga, Isroil harbiy qo‘mondonligi vakillari avvalroq Tehron ixtiyorida Isroil hududigacha yetib borishga qodir bo‘lgan taxminan 2500 ta ballistik raketa bo‘lishi mumkinligini da’vo qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Fransiyada o‘tkazilgan G7 davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari sammitida Erondagi harbiy operatsiyalar Prezdident Donald Tramp va Oq uy ma’muriyatining sa’y-harakatlari bilan kelgusi bir-ikki hafta ichida yakunlanishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron raketa arsenali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing