AQSH endi trak haydovchilari uchun ishchi viza bermaydi

Olam

image

AQSH tijorat yuk mashinalari haydovchilari uchun ishchi vizalarini berishni to‘xtatdi. Bu haqda kecha, 21 avgust kuni AQSH Davlat kotibi  Marko Rubio o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, mazkur o‘zgarish darhol kuchga kirdi.

“Biz zudlik bilan tijorat yuk mashinalari haydovchilari uchun ishchi vizalarini berishni to‘xtatamiz. AQSH yo‘llarida katta tirkamali yuk mashinalarini boshqaradigan xorijlik haydovchilar sonining ko‘payishi amerikaliklar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda va ularning tirikchiligiga putur yetkazmoqda,  deb yozdi Rubio.

SBS NEWS ma’lumotlariga ko‘ra, bu qaror barcha mamlakat va millatlarga taalluqli bo‘lib, muayyan bir davlatga qaratilmagan. 

“So‘nggi oylarda Tramp ma’muriyati haydovchilar ingliz tilini yaxshi gapirish va o‘qish talabini kuchaytirish choralarini ko‘rdi. Transport departamentining ma’lum qilishicha, maqsad — yo‘llarda xavfsizlikni oshirish, chunki ba’zi halokatli hodisalarga haydovchilarning belgilarni o‘qish yoki ingliz tilida muloqot qilish qobiliyati yetarli emasligi sabab bo‘lgan”, deyiladi uning ma’lumotida.

Shu jumladan, “Associated Press” savoliga yozma javobda Davlat departamenti barcha AQSH vizasi egalari, shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan ko‘plab turistlar ham, “uzluksiz nazorat” ostida ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat departamenti 55 milliondan ortiq chet elliklarning ma’lumotlarini tekshirishni boshlagani haqida xabar bergan edik.

Dilbar Shoakromova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh viza Marko Rubio trak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing