AQSH elchixonasi Green Card yutganlarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2023
15291Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card'da g‘olib bo‘lgan murojaatchilarni ogohlantirdi. Bu haqda elchixonaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, butun dunyo bo‘ylab, yillik belgilangan 55 mingtalik vizalar limiti to‘lganidan so‘ng, barcha AQSH elchixonalari Diversity Visa (DV – Green Card) dasturi bo‘yicha viza berishni to‘xtatadi.
“Toshkentda ushbu oyda bo‘lajak viza suhbati kuni belgilangan murojaatchilar, viza ololmasliklari mumkin. Viza uchun talab etilgan hujjatlari mavjud emasligidan xabardor murojaatchilar, viza suhbatiga kelishdan (va qaytarib berilmaydigan viza uchun to‘lovni amalga oshirishdan) avval o‘ylab ko‘rishlarini so‘raymiz. Chunki viza bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqib, uni yakunlash uchun yetarlicha vaqt qolmasligi mumkin”, deyiladi xabarda.
Biroq poytaxtdagi AQSH elchixonasi dunyo bo‘ylab belgilangan viza sonlari cheklovi qamrab olinguniga qadar, DV vizalarini taqdim etishni davom ettiradi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 3,1 ming nafardan ortiq viza murojaatchilari bilan suhbat olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari Amerika Qo‘shma Shtatlari vizasini rad etish foizi yuqoriroq bo‘lganlar safida ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Xususan, 2022 yilda o‘zbekistonliklarning 47 foizi AQSH vizasini qo‘lga kirita olmagan.
LiveBarchasi