AQSH dunyo iqtisodiy tartibini buzayotgan davlatlarni qat’iy ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

G‘arb davlatlari jahon iqtisodiy tartibini suiiste’mol qilayotgan yoki buzayotgan davlatlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rish niyatida. Bu haqda AQSH Moliya vaziri Janet Yellen ma’lum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar va bizning ittifoqchilarimiz, masalan, Koreya [Respublikasi] global iqtisodiy tartibni ta’minlovchi me’yorlar va qadriyatlarga qat’iy sodiqlikni talab qilishda davom etish uchun birgalikda ishlaydi", deydi vazir Janubiy Koreyadagi anjumanlardan birida so‘zlagan nutqida. 

Yellenning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb “bu tartibni suiiste’mol qilgan yoki buzgan” davlatlarga nisbatan qattiq choralar ko‘radi, buni Rossiya agressiyasiga nisbatan berayotgan javoblaridan ham ko‘rish mumkin. Uning fikricha, iqtisodiy integratsiya Rossiya tomonidan qurol sifatida samarali tarzda foydalanilgan.

“Rossiya hozirda Ukrainadagi portlarni to‘sib, global oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarish bilan tahdid qilmoqda. Uning Ukrainaga bostirib kirishi esa allaqachon Amerika va butun dunyoda energiya narxini oshirib yuborgan”, deydi Yellen.

Vazirning aytishicha, Rossiyaning bosqini birorta ham davlatga zarar yetkazmay qo‘ymadi. 

“Barcha mas’ul davlatlar bu urushga qarshi birlashishlari va uni tezroq tugatish uchun birgalikda harakat qilishlari kerak”, deydi AQSH rasmiysi.

Rossiya neftining narxini cheklash

Yellenning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari “global energiya bozorlarida narxlarning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasdan, “Rossiya daromadlarini qisqartirishga intilmoqda”. Bunga “eksport qilinadigan Rossiya neftiga narx cheklovlari o‘rnatish orqali erishish mumkin” va bu  butun dunyo bo‘ylab yuqori energiya narxini pasaytirishga yordam beradi. 

“AQSHda inflyatsiya qabul qilib bo‘lmaydigan darajada yuqori bo‘lgan bir paytda, [Rossiya nefti] narxini cheklash benzinning yuqori narxiga qarshi kurashishimiz kerak bo‘lgan eng kuchli vositalardan biridir. Lekin biz buni yolg‘iz qilolmaymiz, bu uchun biz bilan ishlaydigan global hamkorlar kerak”, degan vazir.

Yellen o‘z nutqida Xitoy siyosatini ham tanqid qilgan. Unga ko‘ra, AQSH va uning ittifoqchilari “mamlakat milliy xavfsizlik manfaatlariga zarar yetkazuvchi Xitoyning adolatsiz amaliyoti” kabi masalalar ustida ishlashi kerak.

“Biz Xitoy kabi mamlakatga asosiy xomashyo, texnologiyalar yoki mahsulotlar bozoridagi o‘z pozitsiyalaridan bizning iqtisodiyotimizga putur yetkazish yoki istalmagan geosiyosiy vositalardan foydalanishiga ruxsat bera olmaymiz”, deydi vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing