AQSH dollardan foydalanishni cheklasa, Rossiya nima qiladi? Peskov javob berdi

Olam

image
Rossiyani “chuv tushirishdi” – Putin north_east

Rossiyani “chuv tushirishdi” – Putin

AQSH Rossiya banklari uchun dollardan foydalanishni cheklab qo‘ysa, rasmiy Moskva qanday yo‘l tutishi ma’lum bo‘ldi. Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga aytishicha, hukumat bunday vaziyatga qarshi choralar ko‘rmoqda va taqiq oqibatida ko‘riladigan zarar miqyosini minimallashtirish uchun rejalar tuzgan.

“Bunday oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan holatlarning oqibatini minimallashtirish uchun rejalar mavjud”, deya bildirgan Kreml rasmiysi. 

Bundan tashqari, u jurnalistlarning hukumat Rossiya hududida AQSH dollari faoliyatiga cheklov joriy qilishi mumkinligi haqidagi savoliga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Yana bir bor takror aytaman: biz doimiy ravishda Qo‘shma Shtatlarni provokatsion harakatlardan tiyilishga va Yevropa qit’asida keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqiramiz”, deya ta’kidlagan Peskov. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSHning sanksiya borasidagi xatti-harakatlarini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi, Vashington kutilmagan bayonotlari ortidan xalqaro maydonda ham nom qozongan va Kreml uning harakatlaridan havotirda. 

Avvalroq, Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, AQSH Moskvaga qarshi qanday taqiqlar joriy qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ukraina-Rossiya nizosi

So‘nggi paytlarda Rossiya-Ukraina mojarosi jiddiy tus olgan. Bir tomonda Kiyevni qo‘llayotgan AQSH va NATO turgan bo‘lsa boshqa tomonda urushga qarshi harbiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgan Rossiya turibdi. 

Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta Jevelin tankka qarshi o‘t ochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmaitchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan. 

Boshqa tomondan, Rossiya Ukraina bahonasida “burni tagiga” tiqilib olayotgan NATOning Sharqiy Yevropa tomon siljib kelishini qoralab, unga qarshi o‘z hududi va Belarusning Ukraina bilan chegaradosh yerlarida 100 000 dan ortiq qo‘shin va harbiy texnikalar to‘plagan.

2 yanvar kuni AQSH Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha harbiy kuchlarini yuyuorishi rasman tasdiqlandi. 2 000 nafar amerikalik harbiylar NATOga a’zo bo‘lgan Germaniya va Polsha hududiga joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar

Baholaganlar

1067

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing