AQSH delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Jamiyat
−
10 aprel 2019 4427 1 daqiqa
Joriy yilning 10 aprel kuni Toshkent shahriga AQSHning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ikki tomonlama maslahatlashuvlar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va afg‘onlararo tinchlik muzokaralari mexanizmini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashish, O‘zbekiston tashabbusi bilan Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Live
Barchasi