AQSH davlat qarzi yangi rekord o‘rnatdi

Olam

image

AQSH davlat qarzi 23 trln dollarga yetib, yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Amerika Moliya vazirligi tarqatgan hisobot shundan darak bermoqda.

Hujjatda keltirilgan raqam 31 oktyabr holatidagi AQSH davlat qarzi miqdorini ko‘rsatadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSH davlat qarzi 2017 yildagi yalpi ichki msulotning 108 foizidan 2023 yilga borib YAIMning 117 foiziga teng bo‘ladi.

AQSHning amaldagi qarz bilan bog‘liq muammolari 2007-2008 yildagi moliyaviy inqirozdan qolgan meros hisoblanadi. O‘shandan beri AQSH davlat qarzi bir necha marta ko‘paydi. Mazkur masala yuzasidan doim demokratlar va respublikachilar o‘rtasida siyosiy mojaro kelib chiqadi.

Barak Obamaning 8 yillik prezidentligida AQSH davlat qarzi 9 trln dollardan ko‘proq o‘sdi va deyarli 20 trln dollarga yetdi. Amerikalik iqtisodchilar 2026 yilga borib ushbu raqam 30 trln dollarga yetishini taxmin qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qarz

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing