AQSH davlat qarzi rekord darajaga yetdi
Olam
−
03 yanvar
111312023 yil oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlarining davlat qarzi bir kunda 33,911 trillion dollardan 34 trillion dollargacha ko‘tarildi. AQSH qarzi tarixda birinchi marta ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu haqda AQSH Moliya vazirligining statistik ma’lumotlarida keltirildi.
Bildirilishicha, 29 dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatning jami to‘lanmagan davlat qarzi 34 trillion 1 milliard 493 million AQSH dollarini tashkil qildi. Hatto bir kun avval ham bu miqdor 33,91 trillion dollarga baholangandi.
Ushbu statistika 1993 yildan buyon kiritilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan. AQSH ushbu qarzlarni fuqarolar, xorijiy investorlar, shtatlar yoki yirik fondlar kabi kreditorlardan olgan. Ushbu mablag‘lar Vashingtonda 20 yildan ortiq davom etayotgan byudjet taqchilligini qoplash uchun ishlatiladi.
2023 yil boshida AQSHning davlat qarzi 31,4 trln dollarlik belgilangan chegaradan oshib ketgandi. Shundan so‘ng, AQSH Moliya vazirligi limit ko‘tarilmasa, defolt yuz berishi xavfi haqida bir necha bor ogohlantirdi.
Iyun oyida esa Bayden 2025 yil 2 yanvargacha qarz chegarasini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ammo Oq uy davlat qarzi bo‘yicha kelishuv Ukraina uchun yordamga ta’sir qilmasligini aytdi.
Ma’lumot uchun, mamlakat davlat qarzining avvalgi rekord darajasi (33 trln dollar) sentyabr oyi o‘rtalarida qayd etilgan edi. Ushbu ko‘rsatkich sabab AQSH dunyoda qarz bo‘yicha yetakchilikni ushlab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya turadi.
LiveBarchasi