AQSH davlat qarzi ilk marta 32 trillion dollardan oshdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarning davlat qarzi birinchi marta 32 trillion dollardan oshdi. Buni joriy yilning 16 iyun kuni AQSH moliya vazirligi ma’lum qildi. 

Moliya vazirligining veb-saytidagi ma’lumotlar bazasida 16 iyun holatiga ko‘ra, umumiy davlat qarzi 32,04 trillion dollar ko‘rsatilgan. Bu Amerika davlat qarzining rekord ko‘rsatkichidir.

Joriy yil yanvar oyida AQSH davlat qarzining 31,4 trillion dollarlik qonuniy chegarasi oshib ketgandi. Shundan so‘ng, mamlakat Moliya vazirligi moliyaviy operatsiyalarini davom ettirish uchun favqulodda choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 3 iyun kuni Kongress tomonidan ma’qullangan davlat qarzini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolagan edi. Erishilgan kelishuvga ko‘ra, 2024 yilda mudofaa uchun 886 milliard dollar, faxriylarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun 121 milliard dollar, boshqa nodavlat dasturlarga 637 milliard dollar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh davlat qarzi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing