AQSH Davlat departamenti O‘zbekiston uchun 14,4 mln dollar so‘radi
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
6020AQSH Kongressining tadqiqot xizmati O‘zbekistondagi islohotlarga baho berilgan hisobotni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hisobotda Donald Tramp ma’muriyati boshidanoq O‘zbekistonning islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani aytilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida Vashington shahriga rasmiy tashrifi chog‘ida qabul qilingan “O‘zbekiston va AQSH: strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi” qo‘shma bayonotining ahamiyati ta’kidlandi.
Hisobot mualliflari xabar berishicha, AQSHning O‘zbekistonga yordami mamlakatdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga, qonun ustuvorligi va iqtisodiy rivojlanishga, shu jumladan, Amerika texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishga ko‘mak berishga qaratilgandir. Hamkorlik, shuningdek, xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida chegara nazoratini yaxshilashni ham ko‘zda tutadi.
Qayd etilishicha, Davlat departamenti O‘zbekiston uchun 2020 moliyaviy yil uchun 14,4 million dollar so‘radi. 2017 moliyaviy yilda bu raqam 10,6 mln dollar bo‘lgan.
2017-2018 yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi ikki baravar ko‘paydi (taxminan 150 milliondan 300 million dollargacha). AQSH savdo vaziri Uilbur Rossning fikricha, “savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar mavjud”.
LiveBarchasi