AQSH COVID-19 Xitoy laboratoriyasidan “sizgani”ni isbotlovchi hisobot e’lon qildi

Olam

image

AQSHning Respublikachilar partiyasi rahbari Mak Makkol COVID-19 Xitoyning Uxan virusologiya instituti laboratoriyasida ishlab chiqilganini isbotlovchi hisobot taqdim etdi. Bu haqda “The Hill” xabar bergan.  

Hisobot respublikachi qonunchilar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng tayyorlangan. Makkolning so‘zlariga ko‘ra, respublikachilar endi dengiz mahsulotlari bozori koronavirus infeksiyasining manbasi bo‘lganiga ishonmaydi. 

“Shuningdek, ko‘pgina dalillar shuni ko‘rsatadiki, virus haqiqatan ham Uxan institutidan “sizgan” va bu 2019 yil 12 sentyabrgacha sodir bo‘lgan”, deyilgan xabarda. 

Hujjatga ko‘ra, Uxan instituti laboratoriyasi olimlari amerikalik mutaxassislar hamda Xitoy va AQSH davlat fondlari mablag‘lari ishtirokida koronaviruslarni modifikatsiyasi ustida ish olib borgani haqida ko‘plab dalillar mavjud. 

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mart oyida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Uxan shahriga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar hisobotining to‘liq versiyasini e’lon qildi. Unda virusning yangi turi odamlarga boshqa hayvon orqali yuqqanligi yozilgan.   

Shuningdek, koronavirusning laboratoriyadagi tajribalar natijasida kelib chiqqani to‘g‘risidagi farazlar ham mavjud. Yana bir taxminda esa kasallik sovutilgan ovqatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilgan.   

Amerika Qo‘shma Shtatlari va yana 13 mamlakat JSST missiyasining xulosalaridan ko‘ngli to‘lmaganini bildirib, bayonot bergan. Ular koronavirus kelib chiqishi to‘g‘risida shaffof tergov o‘tkazilishi zarurligini ta’kidlagan. AQSH razvedkasi virusni odamga hayvondan va laboratoriyadan yuqqani to‘g‘risidagi taxminlarni ilgari surib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy koronavirus

Baholaganlar

698

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing