AQSH COVID-19’ga qarshi kurash uchun boshqa mamlakatlarga 11 mlrd dollar ajratdi
Olam
−
05 iyun 2020
3804AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish uchun boshqa mamlakatlarga 11 milliard dollar mablag‘ ajratdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti bayonotida so‘z boradi.
Bundan tashqari, AQSH gumanitar yordam uchun yana 194 million dollar ajratadi, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, Amerikaning o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini sotib olishga yordam berish uchun 180 million dollar, pandemiyadan aziyat chekkan muhojirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 14 million dollar ajratiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6,6 mlndan oshdi. 2,8 mln dan ziyod bemor shifo topgan bo‘lsa, 390 000 ga yaqini vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni AQSH hukumati AQSH O‘zbekistonga keng ko‘lamda tahlillar o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar profilaktikasi va nazorati, COVID-19 ustidan epidemiologik nazoratni va COVID-19 bemorlari hisobini yuritishni yaxshilash, shuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyalarga qarshi kurashish hamda insonlarni davlat va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlashga jalb qilish uchun vositalar taqdim etadi. Buning uchun 848 ming AQSH dollari ajratdi.
Bundan tashqari, 16 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali, O‘zbekistonga qiymati qariyb 400 000 AQSH dollari bo‘lgan 131 320 kg oziq-ovqatni yetkazib berdi.
LiveBarchasi