AQSH Bosniya va Gersegovinani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 2 iyul kuni AQSH terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada turnir mezbonlari nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Uchrashuv AQSHning Kaliforniya shtati, Santa-Klara shahrida bo‘lib o‘tdi. Qo‘shma Shtatlar terma jamoasi safida Folarin Balogun 45-daqiqada, Malik Tillman esa 82-daqiqada gol urdi. Uchrashuvning 64-daqiqasida Balogun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Bosh hakam Rafael Klaus qaror chiqarishdan avval VAR yordamiga murojaat qildi.

Shu tariqa, Balogun Jahon chempionati pley-off bahsida ham gol urgan, ham maydondan chetlatilgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Undan avval bu natijaga Garrincha, Ronaldino va Zinedin Zidan erishgan edi.

AQSH terma jamoasi 24 yildan so‘ng ilk bor Jahon chempionati pley-offining dastlabki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi mundialda amerikaliklar 1/8 finalda mag‘lub bo‘lgan edi. Ungacha jamoa 2018 yilgi mundialga yo‘llanma ololmagan, 2010 va 2014 yillarda 1/8 finalda mag‘lub bo‘lgan, 2006 yilda guruh bosqichidan chiqa olmagan, 2002 yilda esa chorak finalgacha yetib borgan.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Jahon chempionatida ikkinchi marta qatnashdi va o‘z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi. 2014 yil Braziliyada o‘tgan mundialda bosniyaliklar guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Endi AQSH terma jamoasi 1/8 finalda Senegalni mag‘lub etgan Belgiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 7 iyul kuni Sietl shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing