AQSH Bosh vazirga suiqasdni qoraladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xonga uyushtirilgan suiqasdni qoraladi va islomiy respublikadagi siyosatchilarni zo‘ravonlikdan qochishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 3 noyabr kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi. 

“Qo‘shma Shtatlar Imron Xon va uning tarafdorlariga qilingan hujumni keskin qoraladi va jabrlanganlarning barchasi tezroq tuzalib ketishiga umid qilmoqda. Zo‘ravonlikka siyosatda o‘rin yo‘q. Biz barcha tomonlarni tinchlik tamoyillariga rioya qilishga va zo‘ravonlikdan voz kechishga chaqiramiz”, deydi u. 

Jan-Per AQSH Prezidenti Jo Baydenning Vashingtondan Nyu-Meksikoga jo‘nab ketgan samolyotida jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Brifing Oq uy saytida jonli efirda namoyish etildi. 

Kecha, 3 noyabr kuni Gujranvalaning Vazirobod shahrida Imron Xonga nisbatan suiqasdga urinish amalga oshirildi. Sobiq Bosh vazir 28 oktyabr kuni Panjob provinsiyasi ma’muriy markazi – Lahor shahridan boshlangan “Hakiki Azadi” (“Haqiqiy erkinlik”) nomli “Tehrik-i-Insaf” partiyasi tarafdorlarining yurishiga boshchilik qildi. Hujum qilgan yigit siyosatchi yuk mashinasi tomida turganida to‘pponchadan o‘q uzgan. Hodisa oqibatida, Hindistonning NDTV telekanali xabariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi jarohatlangan. Imron Xonning o‘zi o‘ng oyog‘idagi jarohat bilan Lahor shifoxonasiga yetkazilgan, uning hayoti xavf ostida emas. Pokiston matbuotiga ko‘ra, politsiya suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchini qo‘lga olgan, u sobiq Bosh vazirni “odamlarni aldagani” uchun o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgan. 

Imron Xon 2022 yil aprel oyida parlamentning quyi palatasi unga ishonchsizlik votumini qabul qilib, Pokiston musulmon ligasi raisi Shahboz Sharif yangi Bosh vazir etib saylangach, Pokiston hukumati rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi. Joriy yilning may oyidan beri Xonning partiyasi mamlakatda hokimiyatga qaytish uchun kampaniya olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing