AQSH belaruslik 100 amaldorga sanksiya kiritdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Belarus Hukumatining 100 nafar vakili yoki ular bilan aloqador shaxslarga viza cheklovlari joriy qildi. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

Vashingtonga ko‘ra, viza cheklovlari respublika hokimiyati vakillari va ular bilan aloqador shaxslarning mamlakat “demokratik institutlariga putur yetkazish”ga aloqadorlikda ayblangan shaxslarga taalluqlidir.

“Bugun biz Belarus Hukumatining 100 nafar amaldori va ularning hamkorlariga demokratik institutlarni buzish, ularga zarar yetkazish yoki Belarusning demokratiyaga o‘tishiga to‘sqinlik qilishda ishtirok etganliklari uchun viza cheklovlari joriy etish choralarini e’lon qilamiz”, deya tushuntirdi Blinken.

Shunday qilib, Belarus Prezidenti ma’muriyati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, Markaziy saylov komissiyasi, tergov qo‘mitasi, Belarus transport vazirligi xodimlari, shuningdek, respublika qurolli kuchlari vakillari hamda bir qator boshqa shaxslar yangi viza cheklovlari ostida qoldi.

“Ro‘yxatda parlament a’zolari, tuman sudyalari, xavfsizlik xizmati xodimlari, ijroiya qo‘mita a’zolari va davlat universitetlari rahbarlari ham bor”, deya xulosa qildi AQSH Davlat kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing