AQSH Belarusga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
10 avgust
1759AQSH Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) belaruslik 19 nafar jismoniy shaxs, 14 ta tashkilot va bir nechta bortlarga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi. Bu haqda boshqarma xabar berdi.
Cheklovlar Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko atrofidagi oligarxlar orasida harbiy materiallar ishlab chiqarish, sanksiyalardan qochish va daromad olish orqali Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va 2020 yil avgust oyidagi prezidentlik saylovlarining to‘rtinchi yilligi fonida tasdiqlangan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga “Belkanto”, “RubiStar” va “Rada” aviakompaniyalari kiritilgan. Bundan tashqari, ro‘yxatda Belarus hukumatiga tegishli va Lukashenko aviaflotida ishlatiladigan Boeing 767-32K(ER) samolyoti ko‘rsatilgan.
“Lukashenkoning Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz urushini qo‘llab-quvvatlashi Belarusga qimmatga tushadi. Lukashenko o‘z mamlakatining avtonomiyasi va xalqaro hamjamiyatdagi mavqeini o‘zi va yaqinlarining moliyaviy va siyosiy manfaatlariga almashtirdi”, deyiladi bayonotda.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi