AQSH Baku va Yerevanni Moskvaning “nayrang”idan ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays kecha, 28 oktyabr kuni jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida bo‘lajak uch tomonlama muzokaralar haqidagi savolga javob berar ekan, Rossiyaning Baku va Yerevan o‘rtasidagi mojaroni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarini izohlashdan bosh tortdi.  

“Rossiya Federatsiyasining sa’y-harakatlari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermayman. Lekin shuni aytamanki, bu ikki davlat (Ozarbayjon va Armaniston) bo‘lajak muzokaralarda qanday yondashuvni tanlashini o‘zlari hal qilishadi. O‘ylaymanki, dunyo qo‘shnilari haqida gap ketganda Rossiyaning tajribasini biladi”, deydi Davlat departamenti vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘z qo‘shnilarining suverenitetini hurmat qilmaydi, shuning uchun uzoq muddatda ishonchli hamkor bo‘lishi qiyin.

“Fikrimizcha, bu AQSHdan keskin farq qiladi. Bizning yagona maqsadimiz – Armaniston va Ozarbayjon xalqlari orzu qilgan mustahkam va keng qamrovli tinchlik orqali bu mamlakatlarga zo‘ravonlikni tugatishga yordam berishdir. Ayrim doiralardan, jumladan, Moskvadan, aniqrog‘i, Armaniston va Ozarbayjonga nisbatan niyatlarimiz haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar kelishda davom etmoqda”, deydi Prays. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH bu ikki davlatning hamkori hisoblanadi.

“Biz o‘nlab yillar davomida ularning hamkorlari bo‘lib kelganmiz. Janubiy Kavkaz davlatlarining, jumladan Armaniston va Ozarbayjonning suvereniteti va mustaqilligi uchun AQSHdan ko‘ra ko‘proq tarafdor yo‘q”, deydi Prays.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar faqat Baku va Yerevandan Moskva yoki dunyoning boshqa davlatlaridan qat’i nazar tashqi siyosat yuritishini xohlaydi.

“Biz Armaniston va Ozarbayjon bilan o‘zaro aloqada bo‘lganimizda, biz yagona maqsad – zo‘ravonlikka chek qo‘yish, bu mamlakatlarni mustahkam va keng qamrovli tinchlik yo‘liga qo‘yishni ko‘zlaymiz”, deb ishontirdi diplomat.

Sochidagi uchrashuv

Kreml matbuot xizmati avvalroq e’lon qilganidek, Putin, Aliyev va Pashinyan ertaga, 31 oktyabr kuni Sochida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. 

Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020 yil 9 noyabr, 2021 yil 11 yanvar va 26 noyabrdagi uch tomonlama kelishuvlarini amalga oshirish, Transkavkazda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Uchrashuv Rossiya tomonining tashabbusi bilan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing