AQSH Bag‘doddagi nishonga zarba berganini tan oldi

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi “Hizbulloh al-Nujaba” qo‘mondonlaridan birini yo‘q qilish uchun Bag‘doddagi nishonga zarba berganini tasdiqladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder brifingda ma’lum qildi.

Rasmiyga ko‘ra, kecha, 4 yanvar kuni Iroq vaqti bilan taxminan tushda AQSH kuchlari Abu Taqva nomi bilan tanilgan Mushtaq Javod Qosim al-Javariyga qarshi “kerakli va mutanosib chora ko‘rgan". 

Rayderning ta’kidlashicha, Abu Taqva Amerika harbiylariga qarshi hujumlarni rejalashtirish va tayyorlashda ishtirok etgan. Pentagon voizi zarba mudofaa xarakteriga ega ekani, tinch aholiga zarar yetmaganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dod sharqida joylashgan “Al-Hashd ash-Shabiiy” bo‘linmalaridan birining shtab-kvartirasiga uchuvchisiz samolyot hujum qilgandi. Iroq Bosh vaziri Muhammad as-Sudaniyning harbiy matbuot kotibi general Yahyo Rasul hujumda AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyani ayblagandi. U hujum oqibatida Iroq poytaxtida odamlar halok bo‘lgani, bu voqea Iroq Qurolli kuchlari va xalqaro koalitsiya o‘rtasidagi barcha kelishuvlarni buzishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq Pentagon Bag'dod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing