AQSH afg‘on qochqinlariga yordam bermoqchi: Bayden 500 million dollar mablag‘ ajratdi

Olam

image

Kecha, 16 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden afg‘on qochqinlariga yordam sifatida 500 million dollargacha mablag‘ ajratishni buyurdi. Bu haqda Baydenning AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga yuborgan xabarnomasida ma’lum qilingan.

Blinkenga jo‘natilgan xabarnoma matni Oq uyning matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Unda aytilishicha,  bu mablag‘ ayni paytda Afg‘onistonda sodir bo‘layotgan  vaziyatlar munosabati bilan ajratiladi. Shu jumladan,  mablag‘ning bir qismi AQSHning immigratsion vizalarini olish uchun murojaat qilgan afg‘on fuqarolari ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, iyul oyi boshida Bayden Amerika qo‘shinlariga yordam ko‘rsatgan afg‘on fuqarolarini tinch joyga evakuatsiya qilish uchun 100 million dollargacha mablag‘ ajratishga ruxsat bergan edi.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berdi va mamlakatni tark etdi. Keyinroq u qon to‘klishini oldini olish uchun shunday qilganini aytdi.

Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari esa mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda yoki toliblarga taslim bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Afg‘oniston Prezidenti (endilikda eks-prezident) Ashraf G‘ani AQSH Prezidenti bilan uchrashgandi. Suhbat davomida Bayden G‘aniga 3 mlrd dollar moliyaviy yordam va’da qilgandi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing