AQSH Adliya vazirligi SpaceX'ni sudga berdi

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda kecha, 24 avgust kuni vazirlik saytida ma’lum qilindi.
Da’vo arizasida aytilishicha, SpaceX kamida 2018 yil sentyabridan 2022 yilning mayigacha AQSHdagi boshpana izlovchilar va qochqinlarni “Muhojirlik va fuqarolik to‘g‘risida”gi qonunni buzgan holda, ariza berishdan to‘xtatib kelgan va ularni fuqarolik maqomi tufayli ishga olish yoki ko‘rib chiqishdan bosh tortgan.

Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha yil davomida ish o‘rinlari e’lonlarida kompaniya "eksport nazorati to‘g‘risidagi qonunlarga" ko‘ra, SpaceX faqat AQSH fuqarolari va qonuniy doimiy rezidentlarni yollashi mumkin, deb noto‘g‘ri da’vo qilgan. Biroq, ushbu federal qonunlar bunday cheklovlarni belgilamaydi. Qo‘shma Shtatlardagi qochqinlar va boshpana izlovchilar AQSH fuqarolari bilan teng sharoitlarda yashashlari va ishlashlari mumkin.

"Boshpana izlovchilar va qochqinlar hayotlarida ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tgan. Fuqarolik maqomiga ko‘ra ishga joylashish – noqonuniy kamsitish", deyiladi AQSH Adliya vazirligining bayonotida.

Vazirlik o‘z da’vosi bilan qochqinlikka da’vogarlarning rezyumelarini adolatli ko‘rib chiqishga, shuningdek, fuqarolik maqomi tufayli ishga joylashish rad etilganlarga tovon puli to‘lashga erishmoqchi.

Kompaniya hozircha vaziyatga izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh SpaceX Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing