AQSH aholisini koronavirusga qarshi emlash rejasini ishlab chiqdi
Olam
−
17 Sentabr 2020
6373AQSH ma’muriyati mamlakat aholisini koronavirusga qarshi emlash rejasini tayyorladi. Ushbu jarayon joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida yoki undan sal o‘tib boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp 16 sentyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Bugun mening ma’muriyatim mamlakatda vaksina tarqatish bo‘yicha batafsil rejani e’lon qildi. Hammasi tayyor, bizning harbiylar allaqachon barcha narsani tashkillashtirgan. Hammasi a’lo o‘tadi degan umiddamiz”, dedi Prezident.
AQSH Prezidentining maslahatchisi Skott Atlasning ta’kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarida COVID-19 vaksinasi deyarli bepul bo‘ladi. Normativ hujjatlar tasdiqlangandan 24 soat o‘tgach uni tarqatish boshlanadi.
Maslahatchi jarayonni 2021 yil yanvaridan kechikmasdan amalga oshishi kutilayotganini aytdi. Bu hozirgi kunda AQSHning ustuvor vazifalaridan biri ekani qo‘shimcha qilindi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq, Donald Tramp koronavirusni aniqlovchi yangi testni namoyish qilgandi. Uning natijasi 15 daqiqada tayyor bo‘lishi aytilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 6 629 880 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 196 752 nafari vafot etgan va 2 525 573 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi