AQSH 5 yilda birinchi marta yadroviy qurollari sonini ochiqladi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH 2020 yil 30 sentyabr holatiga ko‘ra 3 750 ta faol va harakatsiz yadroviy kallakka ega. Bu haqda AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi.

Davlat departamenti bu ma’lumotni 2016 yildan beri birinchi marotaba oshkor qildi, chunki sobiq Prezident Donald Tramp bunday ma’lumotlarni nashr etishni taqiqlab qo‘ygandi.

Qayd etilishicha, 2020 yilda AQSHning yadroviy qurollari 2019 yilga nisbatan 55 ta 2017 yilga nisbatan esa 72 ta kamaygan.

“Bu raqam AQSH tarixida Sovet Ittifoqi bilan bo‘lib o‘tgan “Sovuq urush” davridan beri eng past ko‘rsatkichdir. O‘sha paytda AQSH o‘z arsenalida 31 mingdan ortiq yadroviy qurolga ega edi”, deyiladi nashr xabarida.

Davlat departamentining ta’kidlashicha, statistik ma’lumotlarning chiqarilishi Prezident Jo Bayden ma’muriyati Rossiya bilan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha Tramp davrida to‘xtab qolgan muzokaralarni tiklashga urinayotganidan dalolat beradi.

Qo‘shma Shtatlar va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi amaldagi shartnoma (SNV-III) ikki davlat qurol-yarog‘larida yadroviy o‘qlarning sonini cheklaydi. Agar tomonlar yangi shartnoma tuzmasa, amaldagi shartnoma muddati tugagach, har ikki tomon ham cheklovlardan voz kechishi mumkin.

Shartnomada har ikki tomon ham yadroviy kallaklarni 1 550 donaga, qit’alararo ballistik raketalarni, suv osti kemalarining ballistik raketalarini va og‘ir bombardimonchilarni 700 tagacha qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Jenevada rossiyalik va amerikalik diplomatlar yopiq eshiklar ortida uchrashib, SNV-III o‘rniga tuzaladigan kelishuvga tayyorgarlik ko‘rish haqida muzokalar o‘tkazgan. Oq uy manbalari muzokaralarni “samarali” deb atagan.

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida AQSH o‘z arsenalida 5 550 ta, Rossiyada 6 255 ta, Xitoyda 350 ta, Buyuk Britaniyada 225 ta, Fransiyada 290 ta kallaklar bo‘lgan.

Institutga ko‘ra, “yadro klubi” tarkibiga kirmaydigan Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya arsenallarida jami 460 ga yaqin yadroviy kallaklar bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yadroviy qurol

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing