AQSH 2027 yilgacha Xitoy bilan urushga tayyorgarlik ko‘rish rejasini e’lon qildi
Olam
−
20 Sentabr
5076AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtabi rahbari Liza Franchetti 2027 yilgacha Xitoyga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish rejasini e’lon qildi. Bu haqda “Fox News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujjatda Xitoyning 2027 yilgacha Tayvanga bostirib kirish haqidagi taxminiy rejalari ko‘rib chiqilgan. Amerika harbiy-dengiz floti uchun Navigatsiya rejasi harbiy-dengiz kuchlarini qo‘llab-quvvatlash va strategik texnologik taraqqiyot orqali Xitoy Xalq ozodlik armiyasiga qarshi kuchliroq pozitsiyaga keltirish uchun mo‘ljallangan.
“Ushbu Navigatsiya rejasi ikkita strategik maqsadga qaratilgan: 2027 yilgacha Xitoy Xalq Respublikasi bilan urush ehtimoliga tayyorlik va dengiz flotining uzoq muddatli ustunligini oshirish”, deyiladi hisobotda.
Nashrga ko‘ra, AQSH Mudofaa vazirligi o‘tgan yili “Ambitsion Dragon” hujjatida “agar Rais Si Szinpin Tayvanni anneksiya qilishda davom etsa, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi 2027 yilgacha tayyorlanadi va u 2030 yilgacha Xitoy aholisi sifatida ushbu ambitsiyalarini amalga oshirish uchun choralar ko‘radi” kabi jumlalarni qayd etgan.
Dengiz operatsiyalariga admiral Liza Franketti boshchilik qilishi belgilangan.
“Reja o‘tmishdoshimning Navigatsiya rejasi to‘xtagan joydan davom etadi va bizning flotimizning boshlang‘ich tayyorgarligini oshirish va maydonga ko‘proq tayyor o‘yinchilarni qo‘yish yo‘nalishini belgilab beradi”, deydi u o‘z bayonotida.
Ma’lumot uchun, Tayvan 1949 yilda fuqarolar urushi tugaganidan keyin materik Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari Tayvanni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin uning mustaqilligini rasman tan olmaydi. Tayvan suveren davlat sifatida Palau, Tuvalu va Beliz kabi o‘nga yaqin davlat tomonidan tan olingan. Tayvan BMT a’zosi ham emas. Xitoy, agar kerak bo‘lsa, Tayvanni harbiy kuch bilan o‘z nazoratiga qaytarishga tayyor ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoyning AQSHdagi elchisi Xie Feng AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlardagi to‘rtta qizil chiziq - Tayvan, demokratiya, inson huquqlari va Xitoyning rivojlanish erkinligini aniq belgilab bergan va Vashingtonni Pekin bilan hazillashmaslikka chaqirgandi.
LiveBarchasi