AQSH 2022 yilda harbiy texnika savdosidan qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

2022 yilda AQSH harbiy texnikasi eksporti qariyb 49 foizga oshib, jami 205,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti  o‘z bayonotida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 moliya yilida Amerika kompaniyalari tomonidan harbiy texnikaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdosi 48,6 foizga o‘sgan. Savdo qiymati 153,7 milliard dollarni tashkil qildi. AQSH hukumati orqali harbiy texnika savdosi o‘tgan moliyaviy yilga nisbatan 49,1 foizga oshdi.

2021 yilda AQSH xorijiy davlatlarga harbiy texnika sotish orqali 138,2 milliard dollar daromad qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga 31 ta M1 Abrams tanki jo‘natilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing