AQSH 20 yillik afg‘on urushida qancha qurbon berdi?

Olam

image

AQSH Afg‘onistonda deyarli 20 yil ichida 2 mingdan ziyod odamni yo‘qotdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i general Kennet Makkenzi brifing chog‘ida ma’lum qildi.

“Bu oson topshiriq emas edi. Uning bahosi halok bo‘lgan 2 461 nafar AQSH harbiylari va fuqarolari hamda 20 mingdan ortiq yarador hayotiga teng bo‘ldi”, dedi Makkenzi.

Joriy yilning 23 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonda 2 448 amerikalik o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, yo‘qotishlar statistikasi har kuni tekshiriladi.

“2 448 nafar o‘lgan va 20 722 nafar yaralangan amerikalikning kartasi doimo men bilan yuradi”, deydi Bayden. 

Makkenzi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinidagi teraktda halok bo‘lgan 13 amerikalik askar ham kiritilgan. Bu uchun ISHID javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Qo‘shma Shtatlar esa bunga javoban Afg‘onistonda ISHIDga qarshi bir necha havo hujumlarini uyushtirgan.

AQSH qo‘shinlari 2001 yil 11 sentyabr bo‘lib o‘tgan teraktidan so‘ng, Afg‘onistonga kirgan. O‘shanda “Al-Qoida” jangarilari to‘rtta yo‘lovchi samolyotini egallab olishgan, ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markaziga kelib urilganda. Fojiada 2 977 kishi vafot etgan.

BBC’ning ta’kidlashicha, qariyb 20 yil davomida Afg‘onistonga 800 mingdan ziyod amerikalik harbiy xizmatchi va 25 ming tinch fuqaro kelgan.

Aprel oyida Bayden 11 sentyabr voqealarining 20 yilligiga qadar Amerika askarlari Afg‘onistondan olib chiqilishini e’lon qilgandi. 

“Men shunday xulosaga keldimki, tariximizdagi eng uzun urushni tugatish va Amerika qo‘shinlarining uyga qaytish vaqti keldi”, degan u. 

Prezident AQSHning maqsadi mamlakatni birlashtirish emas, balki “Al-Qoida”ni yo‘q qilish ekanligini tushuntirgan. U amerikalik askarlardan “boshqa mamlakat urushida cheksiz kurashni” so‘ramasligini, shuningdek, Afg‘oniston kampaniyasi kuniga 150-300 million dollarga tushishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi amerikaliklarni evakuatsiya qilishni yakunlab, barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Shu tariqa AQSHning 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Afg‘onistonda boshlagan harbiy missiyasi yakunlanlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qurbon

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing