AQSH 140 dan ortiq afg‘onistonlik uchuvchini Tojikistondan olib ketdi
Olam
−
10 noyabr 2021
5577Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Tojikistondan boshpana topgan 143 nafar afg‘on uchuvchisi bugun, 10 noyabrga o‘tar kechasi AQSH ko‘magida mamlakatni tark etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Bir nechta afg‘on oilalari ham, jumladan, jurnalistlar afg‘onistonlik uchuvchilar bilan birga Tojikistonni tark etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kun avval AQSHning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistondan 191 nafar afg‘onni, jumladan, uchuvchilarni uchinchi davlatga, u yerdan esa AQSHga olib ketish niyatida ekanini bildirgan.
Ma’lum qilinishicha, uchuvchilar orasida tojikistonlik shifokorlar nazoratida bo‘lgan ikki homilador ayol ham bor.
Eslatib o‘tamiz, AQSH "Tolibon"dan qochib O‘zbekistonga o‘tgan Afg‘oniston uchuvchilarini joriy yilning 12 sentyabr kuni evakuatsiya qilishni boshlagandi.
LiveBarchasi