AQSH Hindiston bilan nega kelisha olmayapti?
Olam
−
20 fevral 2020
8082Prezident Donald Trampning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Hindiston yirik shartnoma ustida ishlayapti. Ammo u noyabrda o‘tadigan Prezidentlik saylovlarigacha tayyor bo‘ladimi yoki yo‘q, bunga aniqlik kiritilmagan.
Tramp dushanba, 24 fevral kuni Hindistonga ilk bor rasmiy safar bilan boradi. Ammo bu tashrifgacha ikki tomon muzokarachilari bir necha hafta mobaynida AQSHning Hindiston sut va parrandachilik bozoriga kirishiga va boshqa mahsulotlarga nisbatan tariflarni pasaytirishga imkon beradigan bitimlar tuzishga harakat qildi.
Ammo Trampning tashrifiga ikki tomon turlicha qaragani, bundan tashqari, AQSH savdo vakili Robert Leysayzerning Hindistonga tashrifi qoldirilishi muzokaralar yakunlanmay qolishiga sabab bo‘ldi.
“Biz Hindiston bilan bitim tuzishimiz mumkin, lekin men haqiqatan ham bu kelishuvni keyinroq bo‘lishini istayapman”, dedi Tramp VVS-1 jurnalisti bilan intervyusida.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Hindistonning Xitoydan keyin ikkinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. 2018 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovarlar va xizmatlar savdosi rekord darajada - 142,6 milliard dollarga yetdi.
Tramp 2017 yilda lavozimga tayinlanganidan beri, savdo nizolari avj olib ketdi va holat Hindistonni AQSHga yaqinlashtirdi. Shu sababli Donald Tramp Hindistonni “tarif qiroli” deb atagan edi.
LiveBarchasi