AQSH HAMASning bir qator yetakchilariga qarshi jinoiy ish ochdi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar hukumati 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga hujum uyushtirgani uchun HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar va guruhning yana besh nafar yetakchisiga qarshi rasmiy jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, HAMASning olti yetakchisi Amerika fuqarolarini o‘ldirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishda ayblanmoqda.

HAMAS yetakchilariga nisbatan ayblov e’lon qilinishi ramziy harakatdir. AQSH Adliya vazirligi o‘z bayonotida ayblanuvchilarning ba’zilari allaqachon o‘lganini, qolganlari esa qidiruvda ekanligini bildirgan.

“Yaqin Sharqdagi mojaroning avj olishi Yevropa Ittifoqi va AQSH tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan radikal islomiy HAMAS harakati 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirganidan so‘ng boshlandi. Ular Isroilga yirik raketa hujumi uyushtirdi, uning hududiga bostirib kirdi va zamonaviy yahudiy davlati tarixidagi tinch aholiga nisbatan eng ommaviy qirg‘inni amalga oshirdi. 1200 dan ortiq odam uning qurboniga aylandi”, deyilgan vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS Isroilning yangi shartlarini rad etgandi. Shuningdek, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made