“Aqlvoy”da behayo kadrlar efirga uzatilgani uchun telekanal ijodkorlari tanbeh oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

So‘nggi kunlarda “Aqlvoy” telekanali orqali namoyish etilgan “Shaxrizoda. Aytilmagan hikoyalar” va “Art-Odissey” multseriallaridagi bolalar uchun noma’qul 2 ta lavha keng jamoatchilik orasida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Holat bo‘yicha telekanal ma’muriyati munosabat bildirdi.

“Afsus bilan shuni tan olamizki, bolalarda yangilikka intilish, ularni jahon madaniy merosi bilan tanishtirish, atrof-muhitni o‘rganishga qiziqish uyg‘otishga qaratilgan kontent tanlanganiga qaramay, uning ichida kichik yoshdagi bolalar uchun noma’qul bo‘lgan sahnalar inson omili sabab efirga uzatilgan.

“Aqlvoy” telekanali har jihatdan hali juda yosh  va joriy yilning 22 martidan boshlab test rejimida efirga uzatib borilmoqda. Tom ma’noda kanalimiz endi oyoqqa turmoqda. Yo‘l qo‘yilgan xatolar, albatta, kanalimizning kelgusida ehtiyotkorlikka amal qilishiga, uning yanada yaxshilanishi, qiziqarli va foydali bo‘lishiga turtki bo‘ladi”, deyiladi telekanal munosabatida.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘l qo‘yilgan xato bo‘yicha butun kanal ijdodkorlari kerakli tanbehni olgan. Ular yana bir bor O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘ligiga ziyon yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari bilan tanishtirib chiqilgan va ushbu qonun buzilish holatlarida intizomiy jazo qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan. 

“Kontent nazorati kuchaytirilishi uchun qo‘shimcha xodim ishga olinadi. Kelajakda yuqoridagi kabi xatolarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun dublyaj bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar bilan qo‘shimcha kelishuvlar amalga oshirildi. Endi ularga  ma’naviyatimizga zid bo‘lgan lavhalar haqida ma’lumot berib turish majburiyati topshiriladi”, deya ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aqlvoy

Baholaganlar

1137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar