“Paxtakor”ning sobiq murabbiyi “Navbahor”da ish boshladi

Sport

image

Bugun, 25 iyun Namanganning “Navbahor” klubiga yangi murabbiy tayinlandi.

Marosimda Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ishtirok etdi. Xabaringiz bor, viloyat hokimlari viloyat futbol federatsiyasining prezidenti ham hisoblanadi.

Yangi murabbiy – serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichni marosimda birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Bozorovning o‘zi tanishtirdi. Shundan keyin kalub rahbariyati va  Deyan Jurjevich omma oldida rasmiy shartnomani imzoladi.

Marosimdan keyin serbiyalik mutaxassis “Navbahor” futbol klubi futbolchilari bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar jamoani rossiyalik sobiq futbolchi Andrey Kanchelskis boshqarib kelayotgan edi. U qoniqarsiz natijalar sabab 22 iyun kuni o‘z lavozimini tark etgan edi.

Xabaringiz bor, “Navbahor” Kanchelskis qo‘l ostida Superligada oxirgi to‘rtta turda biror marta g‘alaba qozona olmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navbahor Andrey Kanchel'skis Deyan Jurjevich

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing