Air India samolyoti O‘zbekiston havo hududidan qaytib ketdi. Sabab – koronavirus

Olam

image

Air India aviakompaniyasining layneri kompaniyaning uchuvchilaridan birida COVID-19 borligi haqida xabar bergandan so‘ng, O‘zbekiston havo hududidan ortga qaytib ketdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

"Bortida hech qanday yo‘lovchilar bo‘lmagan A320 samolyoti Vande Bharat missiyasi (hind fuqarolarini chet eldan qaytarish bo‘yicha operatsiya) doirasida Rossiyada qolgan hindlarni qaytarish uchun Moskvaga qarab ketayotgan edi. Samolyot O‘zbekiston havo hududiga yetib borganida, bizning yerdagi jamoamiz a’zosining birida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi", deyiladi aviakompaniya xabarida.

Samolyotga darhol ortga qaytib kelishi buyurildi. Hozir butun ekipaj karantinda. Kompaniyaning boshqa bir samolyoti hindlarni qaytarish uchun Moskvaga yuborilishi ma’lum qilingan.

Avvalroq, Pokistonda ayni ushbu turdagi A320 samolyoti halokatga uchragani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Air India

Baholaganlar

1025

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing