Air Arabia Sharja-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysini amalga oshirdi

Jamiyat

image

Air Arabia aviakompaniyasi Sharja-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysini amalga oshirdi. Mazkur qatnovlar doimiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda Aeroportning xalqaro tashuvlarni tashkillashtirish xizmati rahbari Umid Hamroyev ma’lum qilgan.  

Xabar berilishicha, mazkur havo qatnovi “Uzbekistan Airports” AJ va “Air Arabia Abu-Dabi LLC” aviakompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan yo‘lga qo‘yilgan.

“Mazkur loukoster reysini yo‘lga qo‘yish uchun fevral oyida bitim imzolangan”, dedi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov.

Ma’lum qilinishicha, parvoz uchun 4 yarim 5 soat vaqt sarflanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sharja Air Arabia

Baholaganlar

51

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing