AI-80 benzin narxi oshdi
Jamiyat
−
27 may 2022
15260“O‘zbekneftgaz” kompaniyasiga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi oshirildi va 6 800 so‘m (4,3 foizga) etib belgilandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil boshiga nisbatan neft xomashyosi kotirovkasi 1,3 barobarga (1 barreli uchun 115 dollar), Yevropa davlatlarida AYOQSHdagi benzin chakana narxi 1,2 – 2,0 barobarga oshib tarixiy antirekordlar yangilangan.
“Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar tomonidan avtomobil benzini birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi. Bunda, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtobenzin mahsulotining barcha hajmlari O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasiga arzon boshlang‘ich narxlarda joylashtirib kelinmoqda: 1 tonnasi uchun barcha soliqlar bilan birga 3 mln so‘m.
Shu bilan birga, AI-80 markali avtomobil benzinining birja savdolaridagi o‘rtacha narxi yil boshida 1 tonnasi uchun 7,0 – 7,3 mln so‘m (1 litri uchun 5 300 – 5 500 so‘m) miqdorida shakllangan bo‘lsa, bugungi kunda 8,4 – 8,7 mln so‘m (1 litri uchun 6 300 – 6 500 so‘m) miqdorida shakllanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 17 dekabr kunidan boshlab “O‘zbekneftgaz”ga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida “AI-80” markadagi benzin 6 890 so‘mdan arzonlashtirilib, 1 litr yoqilg‘i 6 500 so‘m narxida sotuvga chiqarilgandi.
LiveBarchasi