Aguero salomatligi haqida ma’lumot berdi

Sport

image

Avvalroq, “Barselona” hujumchisi Serxio Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar bergan edik. 33 yoshli futbolchi salomatlgi haqida o‘z Twitter sahifasida ma’lumot berdi.

“Barcha mish-mishlarni inobatga olgan holda shuni ma’lum qilamanki, men klub shifokorlarining ko‘rsatmalariga amal qilaman, ko‘rikdan o‘taman va davolanaman. 90 kun ichida hammasi hal bo‘ladi. Doimo yaxshi kayfiyatda bo‘lishim shart”, deya yozgan Aguero.

Eslatib o‘tamiz, Aguero joriy yilning 30 oktyabr Ispaniya La ligasining 12 turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (1:1) qarshi o‘yinning 41-daqiqasida ko‘krak qafasidagi noqulaylik va yengil taxikardiya tufayli almashtirilgan. Shundan so‘ng, shifoxonaga yotqizilgan va yuragi tekshirilib, kamida 3 oy maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Serxio “ko‘k-anorranglilar” tarkibida 3 ta o‘yin o‘tkazdi “Real Madrid”ga qarshi kechgan “El klasiko”da raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Serxio Aguero Argentina Ispaniya La liga

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing