Aguero “Barselona”ga o‘tish arafasida – Gvardiola

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Ispaniyaning “Barselona” klubiga o‘tish arafasida. Bu haqda kecha, 23 may kuni “Manchester Siti” va “Everton” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, “shaharliklar” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola e’lon qildi. 

“Men balki hozir eng katta sirni oshkor qilayotgandirman, mavsum yakunlangandan keyin Aguero mening sevimli futbol klubim “Barsa”ga ketadi va dunyoning eng yaxshi to‘purari Messi bilan bir jamoada o‘ynaydi. Aguero yaxshi o‘yinchi va ishonamanki, “Barselona” u bilan yana ham kuchliroq bo‘ladi”, deydi Gvardiola.

Serxio Aguero kecha “Etihad” stadionida o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinida 2 ta gol urdi va jamoa “Everton” ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli futbolchi 10 yildan buyon “Manchester Siti” tarkibida o‘ynab keladi. U jamoa bilan birgalikda 389 o‘yinni o‘kazgan va raqib darvozasiga 260 ta  gol kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Agueroning “Barselona” bilan muzokara olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing