Agrobank istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor  

Biznes

image

Parrandachilik nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishi, balki aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning istiqbolli tarmog‘i ham hisoblanadi.

Bugun yetti xazinaning biri sanalgan bu qadim soha zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish orqali yanada rivoj topmoqda. 

“Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning huquqiy tayanchiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qarorga muvofiq, ichki bozorlarimizni parranda mahsulotlari bilan yetarli miqdorda va maqbul narxlarda ta’minlash qolaversa, mamlakatimizning ayni yo‘nalishdagi eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishilmoqda. 

Muzrabot tumanidagi “Yangiobod invest servis” xususiy korxonasi huddi shunday yirik parrandachilik majmualaridan biridir. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 115 milliard  so‘m bo‘lib, shundan bank mablag‘i 80 milliard so‘mni tashkil etadi. 

Ushbu mablag‘ asosida 7 ta tovuqxona, 2 ta inkubator, 2 ta jo‘jaxona, tuxum saqlash omborxonasi va yem tayyorlash zavodi ishga tushirilgan.

Bu loyiha nafaqat tuman balki viloyat miqyosidagi yirik quvvat sanalib, ayni paytda bu yerda yiliga 168 million dona tuxum yetishtirishtirilmoqda. Majmuada nafaqat tovuqlarni parvarishlash balki tuxumlarni yetkazib berish va qadoqlash jarayoni zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Eng e’tiborli jihati, ushbu korxonaning ish boshlashi bilan 150 nafar hudud aholisining bandligi ta’minlandi.

E’tiborli jihati yetishtirlayotgan parranda mahsulotlari nafaqat ichki bozorga balki, qo‘shni Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda. 

Ayni paytda tadbirkorlar yangi loyiha va qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish rejalari bilan band. Korxona qoshida un zavodini tashkil etish, ozuqa-yem ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish, tuyaqush parvarishini yo‘lga qo‘yish, bundan tashqari, xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda biogaz ishlab chiqarish ham rejalashtirilmoqda.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki  esa shunday istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda va tashabbuskor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing