“Agrobank” “Mashreqbank” bilan 75 mln dollarlik memorandum imzoladi

Biznes

image

Poytaxtimizning “Hilton” mehmonxonasida joriy yilning 26-27 noyabr kunlari MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida bank-kredit, investitsiya, sug‘urta, qayta sug‘urtalash hamda lizing faoliyatlari bo‘yicha qator xalqaro konferensiyalar, ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

“Agrobank” ATB vakillari ham forumda ishtirok etib, o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Transkapitalbank”i bilan 22 million yevro miqdoridagi moliyaviy kelishuvga erishildi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim rasmiylashtirildi.

Birlashgan Arab Amirliklarining “Mashreqbank” bilan Yaqin Sharqdagi banklar o‘rtasida sindikatlangan kreditni tashkil etish yo‘nalishida 75 million AQSH dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni jalb etish va savdo kreditini taqdim etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur forumda Xalqaro moliya institutlari bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing