Agar Ukraina yutqazsa, Rossiyaning barcha qo‘shnilari tahdid ostida qoladi – Zelenskiy 

Olam

image

Agar Rossiya Ukrainani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lsa, bundan Yevropaning boshqa davlatlari zarar ko‘radi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniya parlamenti a’zolariga murojaatida aytib o‘tdi.

Uning qayd etishicha, Rossiya tajovuzi tufayli Ukrainada tinch aholi nobud bo‘lmoqda, shahar va qishloqlar vayron bo‘lmoqda, Rossiya Federatsiyasi esa Ukraina bilan cheklanib qolmasligini ochiq aytmoqda.

“Bizning mamlakatimizdan keyin ular bu azob-uqubatlarni Yevropaga va butun dunyoga olib borishni xohlayapti. Agar Ukraina muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Rossiyaning barcha qo‘shnilari tahdid ostida qoladi”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.

Shuningdek, u G‘arb davlatlariga, jumladan, Daniyaga harbiy yordam uchun, xususan, kemalarga qarshi Harpoon raketalari, Caesar 155 mm o‘ziyurar artilleriya moslamalari, Leopard tanklari, Bradley piyodalarining jangovar mashinalari va dronlari bilan ta’minlangani uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlarida Ukraina Prezidenti Shvetsiya, Niderlandiya va Daniyaga borgandi. 19 avgust kuni Shvetsiyaga tashrifi chog‘ida Ukrainada uskunalar ishlab chiqarish va Ukraina Qurolli kuchlari uchuvchilari tomonidan Gripen qiruvchilarini sinovdan o‘tkazishni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Kecha, 20 avgust kuni Niderlandiya va Daniyada F-16 qiruvchi samolyotlarini uchuvchilar tayyorlashdan so‘ng Ukrainaga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Niderlandiya Ukrainaga 42 ta Amerika qiruvchi samolyoti, Daniya esa yana 19 ta samolyot beradi. Shundan so‘ng Zelenskiy Afinaga borishi mumkin, u yerda G‘arbiy Bolqon davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy Daniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing