Agar Mirziyoyev saylansa, 10 mingdan ziyod xotin-qizlarga uy-joy ajratiladi

Jamiyat

image

24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida agar Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozonsa, kelgusi uch yilda 10 mingdan ziyod xotin-qizlarga imtiyozli shartlar asosida uy-joylar ajratiladi. Bu haqda Mirziyoyevning saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasida so‘z boradi. 

Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, kelgusi yillarda har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyati yaratiladi.

Bunda kasbiy ta’lim bilan tizimli shug‘ullanish masalalar, to‘liq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. 
 
Shuningdek, kelgusi besh yilda norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaro bandligini legallashtirishga yordam beriladi. Shu orqali ularning ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanishiga imkoniyat yaratiladi.

Mirziyoyevga ko‘ra, hududlarda servis sohalari ko‘lamini kengaytirish orqali xizmat ko‘rsatish hajmi 3 barobarga oshiriladi va buning evaziga 3,5 millionta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ayollar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi kelgusi besh yilda 2 barobarga kamaytiriladi. Shuningdek, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi va ularning xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Kelgusi uch yilda uy-joyga muhtoj 10 mingdan ziyod xotin-qizlarga imtiyozli shartlar asosida uy-joylar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing