Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
31 Oktabr 2022
4492O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) vitse prezidenti va "Anji"ning sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov sobiq jamoadoshi, hozirda kiprning "Aris" klubi sharafini himoya qilayotgan Aleksandr Kokorin haqida fikr bildirdi.
"Men uni "Anji"da mashg‘ulot o‘tkazganini eslay olmayman. Kokorinni ilk bor "Dinamo"da ko‘rganimda uni Yevropaning grand klublarida o‘ynashiga ishonchim komil edi. Afsuski, xarakteri va intizomsizligi o‘z zarariga ishladi", deydi Ahmedov.
Kipr chempionatining joriy mavsumida Kokorin yettita uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi. Bungacha Kokorin "Fiorentina", "Spartak", "Zenit", "Sochi" va "Dinamo" klublarida ham to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, Kokorin Rossiya terma jamoasi safida umumiy 47 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Shaxzod Shukurov