Afsonaviy sportchi Lina Cheryazova vafot etdi
Sport
−
25 mart 2019
991223 mart kuni sovet va o‘zbek sportchisi Lina Cheryazova 51 yoshida Rossiyaning Novosibirsk shahrida kasallikdan vafot etdi.
Lena Cheryazova o‘zbek sporti tarixida ilk bor 1994 yilda Qishki Olimpiya o‘yinlarining oltin medali sohibasi bo‘lgan edi. E’tiborlisi bu oltin medal hali-hanuz o‘zbek sportchilari uchun yagona bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Cheryazova 1993 yilda jahon chempioni, 1990 va 1991 yillarda sobiq Sovet Ittifoqi chempioni bo‘lgan.
1994 yilda 25 yoshli Lina Cheryazova AQSHning Leyk-Plesid shahrida mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida juda og‘ir jarohatga yo‘liqqan edi. U tepalikdan tushayotgan paytda boshi bilan yiqilgan va ikki hafta davomida komada qolib ketgan.
Lina bu jarohatdan so‘ng nafaqat tiklanib qaytdi, balki katta sportga ham qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik sportchi katta g‘alabalarga erishmagan bo‘lsada, yana bir bor Qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi. 1998 yilgi nufuzli musobaqada u 13 o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Shu musobaqadan so‘ng u katta sportni tark etdi.
1999 yilda Lina Cheryazova ona tomonidan Vatani Novosibirskka qaytib ketgan edi. Og‘ir jarohatdan keyin u, hatto, yaxshi ishlay olmadi. Sportdan ketgach, Lena umrining so‘nggi damlarini qashshoqlikda o‘tkazgan.
LiveBarchasi