Afsonaviy Inestaning yangi klubi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Afsonaviy ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inesta Birlashgan Arab Amirliklarining “Emireyts” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi besh mavsumni Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida o‘tkazgan 39 yoshli futbolchi Andres Inesta bugun, 8 avgust kuni BAA klubi bilan bir mavsum uchun, 2024 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. 

Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, forvard Amirliklar bilan “1+1” ko‘rinishidagi bitimni ma’qullagan, ya’ni “Emireyts”da sharnomani yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik umrining 22 yilini “Barselona”da o‘tkazgan va klub bilan 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Inesta Ispaniya terma jamoasi tarkibida 131 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, bu muddat ichida ikki marta Yevropa va bir marta Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, uning hisobida yapon klubi bilan ham ikkita yirik sovrin bor.


Maqola muallifi

Teglar

In'esta Emireyts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar