Afsonaviy futbolchi Maradona shifoxonaga tushib qoldi
Sport
−
03 noyabr 2020
56571986 yili jahon chempioni bo‘lgan, argentinalik futbolchi Diyego Maradona shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda ESPN xabar bergan.
60 yoshli Maradonaning davolovchi shifokori uning salomatligi xavf ostida emasligini, bemor istalgan vaqtda shifoxonadan chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Maradonada uning jismoniy holatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan psixologik muammolar mavjud.
Ma’lum bo‘lganidek, afsonaviy futbolchining shifoxonaga yotqizilishi koronavirus bilan bog‘liq emas.
Ma’lumot uchun, Maradona 30 oktyabrda 60 yoshini nishonlagan. Hozirda u Argentinaning "Ximnasiya" futbol klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
LiveBarchasi